The Henley Pasport Index pasport reytingida O’zbekiston 1 pog’onaga ko’tarilib, Cote d’Ivoire davlati bilan bir qatorda 85-o'rinni egalladi.

Unga ko’ra O’zbekiston fuqarolari 57 ta davlat hududiga vizasiz yoki yetib borgach viza olish orqali sayohat qilishlari mumkin.

Reytingning TOP-3 ga: Yaponiya (193 davlat), Singapor (192 davlat), Germaniya (191 davlat) kirdi.

MDH davlatlari orasida ham yaxshilanish kuzatildi: Rossiya 48-o‘rinda (118 davlat), Belarus 68 o’rinda (77 davlat), Qozog‘iston 69-o‘rinda (75 davlat), Tojikiston 84-o‘rinda (58) va Turkmaniston 89-o‘rinda (53 davlat).

Eng so’nggi o’rinlarni esa Suriya (29 davlat), Iroq (28 davlat) va Afg’oniston (26 davlat) egallagan.