AQSh prezidenti Jozef Bayden ma’muriyati tomonidan Qo‘shma Shtatlarda yarimo‘tkazgich komponentlarini yetkazib berish zanjirlarini kuchaytirishga qaratilgan ikki tomonlama qonun loyihasi ma’qullandi. Bu haqda “Красная Весна” Reuters manbalariga asoslanib xabar bermoqda.

Oq uy matbuot kotibi Jen Psakining so‘zlariga ko‘ra, bu qonun Amerikaning ilm-fan va texnologiyalar sohasida global yetakchiligini tiklash uchun ushbu ishlab chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ko‘plab iqtisodiyotlar hozirgi vaqtda Tayvan, Janubiy Koreya va Yaponiyada to‘plangan yarimo‘tkazgich sanoatini o‘z hududlariga o‘tkazish uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqdalar. Qo‘shma Shtatlar ham o‘z mikrosxemalarini ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash uchun $50 milliarddan ko‘proq mablag‘ ajratmoqchi.

Chiplarni ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik TSMC asoschisi Morris Chjanning so‘zlariga ko‘ra, AQShda chiplarni ishlab chiqarish narxi Tayvandan yuqori bo‘ladi va hukumat tomonidan beriladigan subsidiyalar uzoq davom etishi aniq emas. Uning qo‘shimcha qilishicha, zamonaviy mikrosxemalar ishlab chiqarishda Tayvanning TSMC bilan faqat Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi raqobatlasha oladi, xolos.

Avvalroq Spot mikroprotsessorlar tanqisligi muammosi 2022-yilgacha davom etishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.