Tesla qazib olinadigan yoqilgʻi, shu jumladan koʻmirdan foydalanish tobora koʻpayib borayotganligi sababli bitkoin orqali elektromobillarni sotib olish imkoniyatini toʻxtatdi. Kompaniya kriptovalyuta bilan savdo operatsiyalarini amalga oshirmaslikka vaʼda berdi. Bu haqda Ilon Mask oʻzining Twitterʼdagi sahifasida maʼlum qildi.

“Kriptovalyutalar yaxshi gʻoyadir va biz ularning istiqbolli kelajagiga ishonamiz, ammo bu atrof-muhit uchun qimmatga tushishi mumkin emas”, — Mask.

Kompaniyaning taʼkidlashicha, ular ishlab chiqarish yana-da ekologik toza energiya manbalariga oʻtguniga qadar bitkoinlardan foydalanmaydi. Shuningdek, kompaniya bitkoinni energiya va tranzaksiya nisbatining 1% dan kamrogʻini ishlatadigan boshqa kriptovalyutalarni ham koʻrib chiqmoqda.

Avvalroq Spot, bitkoin haqida yetarlicha maʼlumotga ega boʻlmagan oʻquvchilar uchun uning aslida nima ekanligi va kriptovalyutalarning istiqboli xususida qoʻllanma tayyorlagandi.