“Ashxobod” bogʻini boshqaradigan “J-United Group” sudda yutqazdi. Bu haqda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, oʻtgan yilning dekabrida Facebook-da bogʻdan shikoyat qilib yozilgan post paydo boʻlgan. Unda Ashxobod maʼmuriyati reklamada vaʼda qiligan shartlarni bajarmaganligi taʼkidlangan.

Agentlik vaziyatni oʻrganib chiqib, Istirohat bogʻi isteʼmolchilar huquqlarini buzgan, deb topdi. Shuningdek reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilib, notoʻgʻri va toʻliq boʻlmagan maʼlumotlar bilan chalgʻitilgan.

Agentlik J-United Group MChJga isteʼmolchilarga yolgʻon maʼlumot berish natijasida yetkazilgan moddiy zararni qoplashni aytgan. Ammo bogʻ maʼmuriyati bunga rozi boʻlmagan va sudga murojaat qilgan. Shunday qilib, 17-may kuni Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudi natijalari boʻyicha Agentlik tomonidan qabul qilingan qarorni oʻz kuchida qoldiriladigan boʻldi.

“J-United Group” MChJga chiqarilgan koʻrsatma ijro etilishi belgilandi.