“Start Up va Investor” loyihasining navbatdagi uchrashuvi joriy yilning 29-may kuni bo’lib o’tadi. Bu haqda loyiha tashkilotchilari Spot’ga xabar berdi.

Tadbir ishtirokchilari treninglarda va qizg’in munozaralarda qatnashadilar, bu ularga loyihani tashqaridan baholashga imkon beradi.

Uchrashuv mehmonlari:

  • Anvar Irchaev, Orient Capital Management direktori. Mavzu: “Nega startap g’oyalarga investitsiya olish qiyin”
  • Feruz Allaev, Asaxiy.uz asoschisi. Mavzu: “Qanday qilib $400 dan $1.000.000 lik startap yaratish mumkin”

Tadbir 29-may kuni soat 15:00 da Yoshlar bilan ishlash agentligi press-klubi zalida bo’lib o’tadi. Ishtirok etish uchun arizalarni yuborish butunlay bepul. Uchrashuv o’zbek tilida bo’lib o’tadi.

Ariza berish uchun quyidagi havolani bosib ro’yhatdan o’tishingiz lozim.