Xabaringiz bor, “UzAuto Motors” AJning yengil avtomobillarini ishlab chiqarish “Auto Motors Tadjikistan” qoʻshma korxonasini tashkil etish boʻyicha bitim imzolangandi. Mazkur loyiha 2021-yilning 21-aprel kuni Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vaziri — Sherali Kabirning Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida erishilgan.

Unga koʻra, “Oʻzavtosanoat” AJ tomonidan ishchi guruh Tojikiston Respublikasida boʻlib, hamkor “AlyuminSoxtmon” kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatini oʻrganib, qoʻshma korxona yaratish boʻyicha muzokaralar olib bordi.

Umumiy qiymati $2 millionni tashkil qilgan loyihaning dastlabki bosqichida ishlab chiqarish hajmi 10 000 dona transport vositasini tashkil qilsa, kelgusida uni 35 000 donaga oshirish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, 2020-yilning 28-mart kuni Qozogʻistonning Koʻstanay shahrida “Sariarka AvtoProm” MChSh ishlab chiqarish quvvatlarida “Chevrolet” brendi ostida UzAuto Motors avtomobillarining yigʻish yoʻlga qoʻyilgan.