“Uzbekistan Airways” AJ 2021-yil 4-iyuldan boshlab “Urganch — Istanbul — Urganch” yoʻnalishi boʻyicha muntazam qatnovlar tiklanganligini maʼlum qildi. Xabarga koʻra, parvozlar haftada bir marta yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

  • Urganch — Istanbul yoʻnalishida aviachipta 2 935 000 soʻmdan boshlansa,
  • Urganch — Istanbul — Urganch yoʻnalishi boʻyicha aviachipta narxi esa 4 282 000 soʻmdan boshlanadi.

Avvalroq Spot, Toshkent — Urganch — Oqtov yoʻnalishida yangi yoʻlovchi reysi ochilganligi haqida xabar bergan edi.