Microsoft kompaniyasining kapitalizatsiya tarixda birinchi bor $2 trilliondan qimmatladi. Korporatsiya bu koʻrsatkich boʻyicha Apple kompaniyasidan keyin AQShda ikkinchi oʻrinni egalladi.

Microsoft bunday koʻrsatkichga joriy yilning 22-iyuni kuni erishdi. Kompaniyaning aksiyalari birja savdolarida $265,79 gacha qimmatladi. Biroq savdolar yakunlangach, qimmatli qogʻozlarning qiymati $265,51 ga qisqardi.

Xuddi shu kuni NASDAQ indeksi ham tarixiy maksimumini yangiladi. Bunga Facebook, Twitter, Apple kabi texnologik gigantlarning aksiyalari qimmatlashgani sabab boʻldi.

Maʼlumot uchun, kapitallashuvi $2 trillionni tashkil etgan birinchi kompaniya Saudiya Arabistonining Saudi Aramco korporatsiyasi boʻlib, undan keyin bu natijaga Apple erisha olgan.