Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Fransiyaning “Suez International” kompaniyasi Toshkent shahri uchun suv hisoblashning intellektual tizimini joriy qilish bo‘yicha hamkorlikdagi tadbirlar to‘g‘risidagi Memorandumni imzoladilar.

2020-yilning mart oyida Suez International kompaniyasi, Toshkent shahar hokimligi, TSST (avvalgi SUVSOZ) va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi “Toshkentda suv ta’minoti transformatsiyasi rejasi” loyihasini amalga oshirish doirasida birgalikda boshqaruv to‘g‘risidagi kelishuvni imzolagan edilar.

Birgalikda boshqaruv to‘g‘risidagi kelishuv qator innovatsiyalarni joriy etish, nou-xaularni kiritish, nazorat ko‘rsatkich va tizimlari, tahlil instrumentlari, raqamli transformatsiya, texnik yordam va xodimlarni o‘qitish orqali suv ta’minoti va suv chiqarilishi operatorining imkoniyatlarini kengaytirish va faoliyat samaradorligini oshirishni nazarda tutadi.

Avvalroq Spot, muqobil energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha Fransiyaning “Assystem Engineering and Operation Services” (Fransiya) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanganligi haqida xabar bergan edi.