“Uzbekistan Airways” AJ 2021-yil 2-iyulidan boshlab Toshkent-Lahor-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni amalga oshiradi.

Aviaqatnovlar haftasiga bir marotaba — juma kuni bajariladi.

Xabar qilingan vaqtda bir tomonlama parvozlar narxi (iqtisodiy) ekonom klass uchun 3 487 951 so’mni, biznes klass uchun esa 4 928 626 so’mni tashkil etadi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan olayotganda barcha turdagi o’rinlar uchun 3 foizli chegirmalar beriladi.