“Uzbekistan Airways” AJ kompaniyaning rasmiy veb — sayti www.uzairways.com orqali chiptalarni onlayn tarzda sotib olgan yo‘lovchilarga barcha tariflar bo‘yicha 3% chegirmalar taqdim etadi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar beradi.

Ushbu chegirma aviakompaniyaning barcha yo‘nalishlaridagi reyslariga nisbatan tadbiq etiladi.

Mazkur chegirma joriy yilning 10 mart kunidan boshlab amal qilmoqda.

Avvalroq Spot, Gruziyaga muntazam qatnovlar tiklanganligi haqida xabar bergan edi.