“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkent-Tbilisi-Toshkent yo’nalishi bo’yicha doimiy aviaqatnovlar tiklanganini e’lon qildi.

Parvozlar 30-martdan boshlab haftasiga ikki marta, seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Seshanba kunlari:

Toshkent — Tbilisi yo’nalishi bo’yicha uchish — 16:10, qo’nish- 18:30,

Tbilisi -Toshkent yo’nalishi bo’yicha uchish — 19:30, qo’nish- 23:30.

Juma kunlari:

Toshkent — Tbilisi yo’nalishi bo’yicha uchish — 20:40, qo’nish- 23:00,

Tbilisi -Toshkent yo’nalishi bo’yicha uchish — 00:30, qo’nish- 04:30.

Xabar berilgan vaqtda bir tomonlama uchishning narxi 3,2 mlnni tashkil etadi.

Avvalroq Spot, Qozog’istonga qo’shimcha qatnovlar amalga oshirilishi haqida yozgan edi.