Samarqand xalqaro aeroportiga yangi direktor tayinlandi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Yangi rahbar shu paytgacha Andijon shahridagi xalqaro aeroport direktori lavozimini egallab turgan Saydullo Toʻxtasinov ekanligi maʼlum boʻldi.

“ShHT sammitiga xizmat koʻrsatishga faol tayyorgarlik koʻrilmoqda. Yaqin kelajakda biz davlat sherigi sifatida AIR MARAKANDA MChJ bilan davlat-xususiy sheriklik shartnomasi (DXSh)ni imzolaymiz”, — dedi Uzbekistan Airports rahbari Raʼno Joʻrayeva.

Aprel oyida Gazeta.uz Samarqand aeroporti $80 mln sarmoya kiritishi kerak boʻlgan Air Marakanda xorijiy korxonasi boshqaruviga oʻtkazilishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Hukumat kompaniyaga DXShni tendersiz tuzishga ruxsat berdi. Taʼkidlanishicha, oʻsha paytda kompaniyaning yagona asoschisi Kiprning Drupola Holdings Limited kompaniyasining ofshor kompaniyasi boʻlgan.