Oʻzmetkombinat 50 mlrd soʻmlik obligatsiyalar chiqarishga tayyorlanmoqda. Bu haqda “КорпИнфо” maʼlum qilgan.

Kompaniya 50 mlrd soʻm miqdorida korporativ obligatsiyalar chiqarilishini tashkil etish uchun investitsiya boʻyicha konsultant va anderrayterni tanlash boʻyicha tanlov eʼlon qildi.

Obligatsiyalar boʻyicha rejalashtirilgan kupon stavkasi yiliga 23% ni tashkil qiladi. Obligatsiya 18 oyga moʻljallangan.

Avvalroq Spot, SFI Management Group kompaniyasi Oʻzmetkombinat boshqaruvini toʻxtatganligini haqida yozgan edi. Korxona umuman olganda ochiq bozorda mustaqil faoliyat yuritishga tayyor, deya tushuntirgan kompaniya.

Maʼlumot uchun, SFI doirasida Oʻzmetkombinatda metall-prokat ishlab chiqarish yiliga 1 million tonnadan oshdi, 2017-yilgacha esa bu raqam yiliga 700 ming tonnadan kam boʻlmagan.