Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq 2021-yil 1-sentabrdan:

  • talabalar uchun Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi (14 foiz) miqdorida imtiyozli ta’lim kreditlarini berish joriy etiladi;
  • ilmiy unvon va ilmiy darajalarni berish vakolati bosqichma-bosqich respublikaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarining ilmiy kengashlariga oʻtkaziladi;
  • Yoshlar biznes maktabi, 2022-yildan boshlab barcha hududlarda uning filiallari tashkil etiladi.

“O'zmilliybank” yoshlarning yangi g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtiradi.

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bankka ushbu bandda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun $100 million ekvivalenti miqdorida 7 yil muddatga 3 yil imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda, Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga past qilib beriladi.

1-oktyabrdan yoshlarning “Biznesga birinchi qadam” startap loyihalari tanlovi doirasida har bir tuman va shaharda 3 nafardan gʻoliblarga grantlar berish amaliyoti joriy etiladi. Loyihalarni har biri uchun 50 mln soʻmlik grantlar beriladi.