Finder.com ekspertlari kriptovalyutalar bo’yicha o’tkazilgan so’rovnomalarning 54 foizida 2050-yilga qadar bitkoin dunyoda yetakchi pul muomala vositasiga aylanadi, deya ta’kidlashmoqda.

Giperbitkoinizatsiya deya atalayotgan bu jarayon belgilangan vaqtdan oldin ham sodir bo’lishi mumkin.

Kriptovalyutalar bozoriga bo’lgan talab institutsional va chakana investorlar tomonidan oshib bormoqda, turli davlatlar markaziy banklari esa raqamli valyutani izchil o’rganib, sinov dasturlarini taqdimetmoqdalar.

Mavzuga: Raqamli tenge fuqarolar va davlat uchun tub burilish yasashi mumkin — Ekspert fikri. Iqtisodchi Almas Chukin Qozog’iston milliy raqamli valyutasining joriy etilishi bo’yicha har tomonlama o’z fikrini izohladi.

55 foiz ekspertlar rivojlanayotgan davlatlarda tanlov valyutasi sifatida bo’lishini aytib o’tishgan.

“Ba'zi mamlakatlar bitkoindan asosiy valyutalaridan biri sifatida foydalanadilar. Aniq turdagi muomala doirasi va o’tkazmaning qulayligi tufayli ular Bitkoin ekotizimiga xos bo’lgan “banksiz” modelga o’tishlari mumkin “, — deydi Thomson Reuters texnologi va futuristi Jozef Rachinski.

U bitkoinni 2025-yilga kelib oddiy valyutalarini quvib o’tishini va qiymati $150 000 ni tashkil etishini kutmoqda.

Bitkoinning 2021-yildagi narxiga qarab, Finder.com'ning 61 foiz ekspertlari kriptovalyuta yetarlicha baholanmagan deya ta’kidlashmoqda.