“Saudi Aramco” kompaniyasi bir terabaytga yaqin korporativ ma’lumotlarga xakerlar hujum qilganini e’lon qildi. Bu haqda Associated Press agentligiga asoslanib Secretmag xabar berdi.

Xakerlar kompaniyadan $50 mln tovon talab qilmoqda. Ammo ma’lumotlar qanday qilib xakerlar qo’liga tushib qolganligi haqida aytib o’tilmagan.

“Biz ma’lumotlarning oshkor etilishi bizning tizimlarimiz xavfsizligini buzish bilan bog’liq emasligini, bizning faoliyatimizga ta’sir qilmasligini va kompaniyaning kiberxavfsizlik nuqtai nazaridan hali ham ishonchli ekanligini tasdiqlaymiz”, — deya ta’kidladi Saudi Aramco.

AP xabariga ko’ra, jurnalistlar darknet tarmog’ida xakerlar tomonidan o’g’irlangan ma’lumotlar saytini topishga muvaffaq bo’lishdi. Ma’lum bo’lishicha, kiber firibgarlarda Saudi Aramco kompaniyasining taxminan bir terabayt korporativ ma’lumotlari bo’lgan.

Neft kompaniyasi qilingan xakerlik hujumi ortida kim turishi mumkinligi haqidagi taxminlar hali aytmagan.