Twitter asoschisi Jek Dorsi investorlarga bitkoin tarmoqning katta qismiga aylanadi deya xabar bermoqda. Dorsi Twitter xizmatlari va mahsulotlarida kriptovalyutaning integratsiyalashuvi ko’proq imkoniyatlarni beradi.

Uning fikricha, bitkoin internet uchun eng yaxshi “milliy valyuta"ga aylana oladi.

“Agar Internet o’zining global valyutasiga ega bo’lsa, biz Super Follows, Commerce, Subscribtions, Tip Jar kabi mahsulotlarni tezroq ishlab chiqa olamiz va shu tufayli sayyoradagi har bir odamga murojaat qilishimiz mumkin bo’ladi. Shuning uchun men Twitter va uning aksiyadorlari uchun kriptovalyutani o’rganish va faol ravishda investitsiya qilishni davom ettirishimiz juda muhim deb hisoblayman”, deb qo’shimcha qildi Dorsi.

Twitter asoschisi Bitkoinni sun’iy intellekt va markazsizlashtirish bilan bir qatorda kompaniya o’zining “Bluesky” loyihasida qo’llayotgan uchta asosiy platforma tendensiyalaridan biri deb nomladi.

Dorsi bir necha yillardan buyon bitkoin tarafdoridir. Biroq, u buni Twitterda qanday amalga oshirish mumkinligi haqida hech qachon gapirmagan, lekin ko’pincha kriptovalyutani “Internetning dastlabki kunlari” ni eslatishini aytib, ommaviy ravishda reklama qilgan.