Statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida respublikada 127 694,7 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan.

Bozor xizmatlarining nominal hajmi esa 28 861,6 mlrd soʻmga oshgan. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʼati 118,3% ni tashkil etgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar hajmi quyidagicha boʻlgan:

  • aloqa va axborotlashtirish — 7 318,1 mlrd
  • moliyaviy — 28 594,1 mlrd
  • transport — 30 091,6 mlrd (shu jumladan: avtotransport — 16 161,4 mlrd)
  • yashash va ovqatlanish — 3 618,2 mlrd
  • savdo — 32 085,5 mlrd
  • koʻchmas mulk bilan bogʻliq — 3 684,7 mlrd
  • taʼlim sohasi — 5 411,5 mlrd
  • sogʻliqni saqlash sohasi — 2 259,2 mlrd
  • ijara — 2 643,9 mlrd
  • kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash — 2 137,2 mlrd
  • shaxsiy — 3 104,1 mlrd
  • meʼmorchilik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasi- 2 702,2 mlrd;
  • boshqalar — 4 044,4 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan.

Avvalroq Spot Oʻzbekistonda eng yuqori oylikni qaysi soha vakillari olishi haqida yozgan edi.