Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra, 2021- yilning iyul oyida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,2% ga arzonlashdi.
Ushbu holat asosan mavsumiy omil bilan tavsiflanadi. Joriy yil boshidan iste’mol sektorida narxlarning o‘sish darajasi 4,2% ni, o‘rtacha oylik o‘sish darajasi esa 0,6% ni tashkil etdi.
Yillik nisbatda INI o‘sish darajasi 11,1% ga yetdi. Iyun oyida bu ko’rsatgich 10,9 foizni, may oyida ham 10,9 foizni, aprel oyida esa 10,7 foizni tashkil etgan edi.
2021- yil iyul oyidagi yillik umumiy INI (o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan) o‘tgan yilning iyul oyidagi ko‘rsatkichdan 3,3 foiz bandga va 2019- yilning iyul oyidagi ko‘rsatkichdan 2,4 foiz bandga past bo‘ldi.