Virgin Galactic xususiy kompaniyasi kosmosga parvoz qilish uchun chiptalar sotuvi qayta yangilanganligi haqida xabar berdi.

Parvoz narxi bir kishi uchun $450 mingni tashkil etadi. Joylarni oilaviy parvoz uchun ham band qilish imkoni mavjud.

Hozirga kelib, 600 ga yaqin o’rin band qilingan. Parvozning o’zi sentyabr oyining oxirida Nyu-Mexiko kosmodromidan amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun: iyul oyining o’rtalarida Richard Brenson 5 kishilik jamoasi bilan birga 100 kmga balandlikka parvoz qilgan edi.

U mahalliy vaqt bilan ertalab soat 08:30 da boshlanib, bir soat davom etdi. Mazkur sayohat Virgin Galactic kompaniyasi tomonidan jonli translyatsiya qilindi.