“Asaxiy Books” internet do’koni loyihasi asoschisi Firuz Allayev o’zining Facebookdagi sahifasida uch yil ichida birinchi marta foyda ko’rganligi haqda xabar berdi.

“Hozirgina hisobotni oʻqib chiqdim. „Asaxiy Books“ kitob loyihamiz iyul oyini 77 300 soʻm foyda bilan yopibdi”, deya yozib qoldiradi tadbirkor.

Shuningdek, u bunday holat loyiha tashkil etilganligidan buyon birinchi marta sodir bo’layotganini ta’kidlab o’tgan.

“Uch yilda ikki milliard yetti yuz million soʻm investitsiya qilindi, umumiy hisobda 50dan ortiq inson loyiha ustida ishladi. Professional jamoa yaratildi”, — deya qo’shimcha qildi.

Allayev o’z loyihasini muvaffaqiyatli deya qo’shimcha qilgan.

Ma’lumot uchun: oldinroq Firuz Allayev kompaniyasining intellektual mulkiga zarar yetayotgani, koʻplab mahsulotlari soxtalashtirilib, sotuvga chiqib ketayotganligi haqida xabar bergan edi.

Bundan tashqari, kompaniya tomonidan sotuvga chiqarilgan “Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi” kitobi ko’plab muhokamalargasabab bo’lgan edi.