Jizzax viloyati Innovatsion rivojlanish boshqarmasi va Yoshlar akademiyasi bilan birgalikda “StartUp” loyihalar tanlovini eʼlon qiladi.

Unga ko’ra 200 mln so’mgacha bo’lgan eng yaxshi 10 ta StartUp loyiha moliyalashtiriladi.

Topshiriladigan startap loyiha shartlari:

  • Loyiha ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
  • 1 ta jamoa 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi (jamoa aʼzolari soni 5 nafardan oshmasligi lozim);
  • Startap loyihalarni amalga oshirishning eng koʻp muddati bir yilgacha boʻlishi.

Tanlov doirasida Startap loyihalar boʻyicha takliflar joriy yilning 1-sentyabr soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Tanlov shartlari, topshiriladigan hujjatlar hamda batafsil ma’lumot.

Tanlovlarga arizalar 2021-yil 5-avgust sanasidan boshlab qabul qilinadi. Arizalar quyidagi havola orqali qabul qilinadi.