1-sentabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilmoqda.

Bu haqda Prezidentning tegishli Farmoni imzolandi, deya xabar bermoqda OʻzA.

Farmonga koʻra:

  • 2021-yilning 1-sentabridan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.

2021-yilning 1-sentabridan boshlab Oʻzbekiston hududida:

  • mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 822 000 soʻm;
  • bazaviy hisoblash miqdori — oyiga 270 000 soʻm;
  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 289 000 soʻm;
  • yoshga doir eng kam pensiyalar — oyiga 565 000 soʻm;
  • bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa — oyiga 622 000 soʻm;
  • zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 440 000 soʻm;
  • ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyalarning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda — oyiga 440 000 soʻm;
  • belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik boʻyicha pensiyalari miqdori — oyiga 623 000 soʻm etib belgilandi.