WTI neft markasining iyul oyidagi fyucherslari narxi Nyu-York tovar birjasida barreli uchun $66,5 dan sotilmoqda. Bu may oyidan boshlab qayd etilgan eng past ko’rsatgichdir.

Reuters nashrining xabar berishicha, neft narxining pasayishi, koronavirusning delta shtammi tarqalishi bilan bog’liq. Aholi o’rtasida o’lim darajasining kuchayishi, ayniqsa, AQShdagi vaziyat investorlarni xavotirga solmoqda.

Federal rezerv tizimi yaqin oylarda aktivlar sotib olish hajmini qisqartirishni rejalashtirmoqda. Bu esa o’z navbatida xom ashyo bozirga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Eslatma: iyun oyining o’rtalarida Brent nefti barreli uchun $71 dan yuqori narxga sotilgan edi. Bu 2018-yilning oktyabr oyidagi maksimal ko’rsatkichni yangilangan shakli bo’lgan.

Iyun oyida bildirilgan takliflar o’zini oqlamadi va mahsulot narxi tushishni boshladi. Neft narxiga nafaqat xalqaro tashkilotlar qarori balki, turizm va virusdan vafot etish soni ham to’g’ridan-to'g'ri ta’sir ko’rsatmoqda.