Respublika boʻyicha 2021-yilning yanvar-iyul oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 122 900,8 mlrd soʻmni tashkil etib, 2020-yilning mos davriga nisbatan 108,6% ga oshdi. Bu haqda statistika qoʻmitasi xabar bermoqda.

Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 24 236,4 mlrd soʻmni (oʻsish surʼati 115,2%), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 88 223,6 mlrd soʻmni (oʻsish surʼati 103,8%), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 10 440,9 mlrd. soʻm (oʻsish surʼati 146,0%)ni tashkil etdi.

Hududlar kesimida eng yuqori ulush Toshkent shahrida boʻlib (25,3%), aylanma 31 111,9 mlrd soʻmni tashkil etdi. Eng quyi ulush esa 1,6% bilan Sirdaryo viloyatida qayd etilgan (1 982,7 mlrd soʻm).