“Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida"gi Qonun (O‘RQ-710-son, 23.08.2021 y.) Prezident tomonidanimzolandi.
Qonunga ko‘ra, qimmatbaho metallar va toshlar bo’lgan yerdan foydalanish jismoniy va yuridik shaxslarga Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan beriladi.
️Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi tugaganidan keyin ularni rekultivatsiya qilish hamda kelgusida foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish yuzasidan choralar ko‘rish shart.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish bu bo‘yicha tegishli ruxsatnoma olgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Bu turdagi toshlarni yashirish ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini tugatish uchun asos bo‘ladi.
Shuningdek, qimmatbaho metallarni affinaj qilish bo‘yicha faoliyat affinaj korxonalari tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini yasash bo‘yicha faoliyat xabardor qilish tartibi asosida amalga oshiriladi.
️Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qazib olinayotganda, ishlab chiqarilayotganda, ulardan foydalanilayotganda hamda ular realizatsiya qilinayotganda hisobga olinishi shart.
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Qimmatbaho metallar va toshlar bo’lgan yerlardan foydalanish tartibi ishlab chiqildi
Endilikda qimmatbaho metallar va toshlar bo’lgan yerdan foydalanish jismoniy va yuridik shaxslarga Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan beriladi.
Foto: National Geographic
«Spot»
- 813
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 14:49 Ko‘chmas mulk
Yakkasaroyda uy tomidagi o‘zboshimcha terrasani buzish paytida yuqori qavatlarni suv bosdi — Qurilish inspeksiyasi
Terrasa buzib bo‘lingan, quruvchilar tomni yopishga kirishdi. Bino hali rasman foydalanishga topshirilmagan.
Bugun, 14:07 Iqtisodiyot
JSTga a’zolik doirasida IMEI to‘lovini bekor qilish masalasi hali ko‘tarilgani yo‘q — UzIMEI
To‘qqiz oyda O‘zbekistonda 7,34 mln ta IMEI-kod ro‘yxatdan o‘tkazildi. Hozirda jismoniy shaxslar uchun to‘lov 88 ming so‘mni, 30 kunlik muddatdan keyin esa 110 ming so‘mni tashkil etadi.
Bugun, 13:26 Iqtisodiyot
Banklar bir oyda 1,7 trln so‘mlik shubhali operatsiyalarni chekladi
Xalq banki 2,03 mln yuqori xavfli sessiya bilan yetakchi bo‘ldi. Orient Finans bankda esa shubhali operatsiyalar bo‘yicha 636 mlrd so‘m cheklangan.
Bugun, 11:50 Iqtisodiyot
O‘zbekistonliklar Fransiyaga issiqxonada ishlashga taklif qilinmoqda. Maosh — 1620 yevro
Ish 2027-yildan boshlanadi, anketalar 20-noyabrgacha qabul qilinadi.
Bugun, 11:02 Transport
O‘zbekiston va Tojikiston yuk tashish jarayonlarini tezlashtirishga kelishdi
Tomonlar qurilish materiallarini tashish xarajatlarini maqbullashtirish va chegara punktlarining o‘tkazuvchanligini oshirish masalalarini muhokama qildi.
Bugun, 10:27 Biznes
WB Taxi O‘zbekistonda ustun mavqega ega deb topildi
Ustun mavqeini suiisteʼmol qilish holatlarini oldini olish maqsadida majburiy tartibda Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi.
Bugun, 10:00 Iqtisodiyot
Tailand xorijiy sayyohlar uchun turistik yig‘im joriy etishni rejalashtirmoqda
Taklif hali yakuniy tasdiqlanmagan bo‘lib, 450 bat (taxminan $13,5) miqdoridagi yig‘im 2027-yil o‘rtalaridan joriy etilishi mumkin.
Bugun, 09:35 Iqtisodiyot
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda iqlim xavflariga qarshi yangi hamkorlik modelini taklif qildi
Ular iqlim xavflari haqida ma’lumot almashish, ekologik texnologiyalarni rivojlantirish va yangi moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutadi.