Mustaqillik bayrami arafasida Qashqadaryoda 3 ta yangi mehmonxona ishga tushirildi. Bu haqda manbalarga asoslanib Turizm va sport vazirligi xabar berdi.

Xususan, bu Shahrisabz shahridagi 22 oʻringa moʻljallangan “Asia Palace” mehmonxonasi, Shahrisabz tumanidagi Miroqi qoʻrgʻonchasida joylashgan 30 oʻrinli “Miraki city” mehmonxonasi hamda Qarshi shahridagi mahalliy tadbirkorlar va xorijiy investorlar tomonidan qurilgan 90 oʻrinli “Hotel Grand Sarbon” mehmonxonalari bo’ldi.

Mehmonxonalarda xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun umumiy ovqatlanish majmualari va boshqa qulayliklar ham tashkil etilgan.