Richard Brensonning aerokosmik kompaniyasi Virgin Galactic aksiyalari 7,02 foizga pasayib, donasi uchun $24,85 ni tashkil etmoqda.

Sotuvning birinchi yarmida kompaniya BBC Italiya uchuvchilarini tadqiqot maqsadida kosmosga uchirishi xabaridan so’ng aksiyalar narxi keskin oshgan edi.

Ammo keyinchalik Amerika fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasining iyul oyida amalga oshirilgan parvozga nisbatan tekshiruv ishi boshlanganini e’lon qilgach, aksiya narxlari tushishni boshladi.

Muammo shundaki, 11-iyul kunin Richard Brenson va uning jamoasi bilan amalga oshirilgan parvoz qo’nish jarayonida Unity-22 samolyoti regulyator tomonidan ushbu parvoz uchun maxsus ajratilgan havo maydonida o’tadigan belgilangan yo’nalishdan chetga chiqib ketgan.

Voqea uchish paytida kosmik kemaning dvigatellari rejalashtirilganidan bir necha soniya ko’proq ishlagani sababli sodir bo’lishi mumkin edi.

Endilikda regulyator ro’y bergan hodisa keyingi parvozda yo’lovchilar xavfsizligiga qanchalik ta’sir o’tkazishi ustida tekshirish olib bormoqda.

Natijalar aniq bo’lmagunicha kompaniya parvozlarni amalga oshira olmaydi.