Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil 1-iyul holatiga mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 27,5 mln tani tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 14,3 foizga oshgan.

Shu jumladan, 24 mln 868,1 mingta abonent jismoniy shaxslar hissasiga toʻgʻri keladi. Bu koʻrsatkich 2020-yilning mos davriga nisbatan 8,8% ga koʻproqdir.

Yillar kesimida mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni quyidagicha:

  • 2019-yil 1-aprel — jami 21 960,2 ming, aholida 21 331,2 ming;
  • 2020-yil 1-aprel — jami 24 316,7 ming, aholida 23 371,3 ming;
  • 2021-yil 1-aprel — jami 26 953,5 ming, aholida 24 795,4 ming.

Bugungi kunga kelib mamlakat aholisining mobil aloqa bilan taʼminlanganligi har 100 kishi hisobiga 72 birlikni tashkil etmoqda.

Avvalroq Spot eng kuchli smartfonlar reytingi haqida yozgan edi.