Facebook birinchi “aqlli” ko’zoynaklarni taqdim etdi. U Ray Ban kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Ko’zoynak video va suratga olish uchun 5 megapikselli ikkita frontal kamera bilan jihozlangan. Qurilma Facebook View ilovasi bilan sinxronlanadi, undan siz fayllarni smartfoningizdagi boshqa ilovalarga yuborishingiz mumkin.

Qurilmaning xotirasi taxminan 30 yarim daqiqali video yoki 500 ta suratga olish uchun yetarli bo’ladi.



Facebook ma’lumotlariga ko’ra, ko’zoynakni to’liq zaryad qilish uchun taxminan bir soat vaqt ketadi, batareya esa taxminan olti soatga yetadi.

Ko’zoynak yordamida siz yon tomonda o’rnatilgan dinamiklar orqali musiqa tinglashingiz va telefon qo’ng’iroqlarini qabul qilishingiz mumkin.

Ko’zoynak iOS yoki Android qurilmasiga ulanishi mumkin. Ko’zoynakning ikkita tugmasi bor — multimediyani yoqish va yozish uchun.

O’ng tomondada sensorli panel mavjud. Uning yordamida siz musiqa balandligini sozlashingiz va telefon qo’ng’irog’iga javob berishingiz mumkin. Yon tomonga oq diod o’rnatilgan, bu ko’zoynak video yozayotganini ko’rsatadi.

To’plamga charm quti, zaryadlovchiga ega va USB-C kabeli kiradi.

Ko’zoynak suv o’tkazmaydigan va tirnalmaydigan xususiyatlarga ega. Obyektivda displeylar yo’q. Qurilmalar uchta klassik Ray-Ban uslubida ishlab chiqarilgan bo’lib, ular turli xil rangli ramkalar va linzalarning kombinatsiyasiga ega.

Ko’zoynak linzalarning turiga qarab $299 dan $379 gacha turadi. Qurilmani kompaniya saytida yoki AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Italiya, Irlandiya va Avstraliyadagi do’konlarda sotib olish mumkin.