“UzAuto Motors” AJ “Do‘stlik Avtotexxizmat” MCHJ bilan dilerlik kelushuvidagi bir qator qoidabuzarliklar sabab shartnomani bekor qilganligini ma’lum qiladi.

“UzAuto Motors” AJ tomonidan sentabr oyida Namangan shahrida joylashgan “Do‘stlik Avtotexxizmat” MCHJda o‘tkazilgan monitoring natijasida Diler korxonasi tomonidan tizimli ravishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi hamda dilerlik kelishuvining qator bandlarining qo‘pol ravishda buzilish holatlari aniqlandi.

Shuningdek, korxona faoliyati davomida qonunbuzarlik alomatlari mavjudligi aniqlandi va ushbu holatlar bo‘yicha tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga huquqiy baho berilishi uchun ma’lumot taqdim qilindi.

“Do‘stlik Avtotexxizmat” MCHJ va mijozlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha Diler korxonaning mijozlar oldidagi majburiyatlarini Kompaniya o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini kafolatlaydi.

Kompaniya Dilerlik tarmoqlari faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va qoidabuzarliklarni aniqlashda davom etadi.

Avvalroq Spot, “Chevrolet Onix” sotuvi bilan bog’liq xabar yolg’onligi haqida xabar bergan edi.