“Sog‘lom turmush tarzi” (1hls.uz) platformasida avgust oyi yakunlariga ko‘ra g‘oliblar ma’lum qilindi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar bermoqda.

O‘tgan oy davomida respublika bo‘yicha tumanlar kesimida 203 ta g‘olib aniqlangan. Uchta tuman aholisi esa haligacha platformadan foydalanishmagan. G‘oliblarga umumiy hisobda 68 million 900 ming so‘m mablag‘ to‘lab berilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 10 mayidan boshlab yurish va yugurishni keng targ‘ib qilishga qaratilgan ushbu platforma test rejimida ishga tushirilgan bo‘lsa, 1-iyundan boshlab rasman faoliyat ko‘rsatishni boshladi.