“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ elektron chiptalarni xarid qilishda qoʻshimcha yangiliklar paydo boʻlganini taʼkidlamoqda.

Masalan, elektron chiptalarni sotib olish jarayonida poyezdlarning nomlarini toʻlaligicha koʻrish va sotib olish imkoniyati paydo boʻldi. Yaʼni Toshkent-Markaziy — Buxoro yoʻnalishdagi №010F-sonli “Sharq” yoki Toshkent-Markaziy — Buxoro yoʻnalishidagi №766F-sonli “Afrosiyob” poyezdi deb nomlanadi.

Shuningdek, mobil ilova orqali sotib olingan chiptalarda QR-kod joriy etildi. Endi yoʻlovchilar xarid qilgan elektron chiptalarini mobil telefonlariga yuklab olmasdan vokzal nazoratchilariga QR-kodlarini koʻrsatib, uni skaner qurilmalari orqali nazoratdan oʻtkazgan holda poyezdlarga chiqish imkoniyatlariga ega boʻldilar.

Bundan tashqari, 2021-yil oktyabr oyidan boshlab yoʻlovchi tomonidan maʼlumotlarni kiritish vaqtida avtomatik tarzda xujjatlarni toʻldirish imkoniyati joriy etiladi. Bu yoʻlovchilarga pasport maʼlumotlarini yozmasdan yuklab olish imkoniyati taqdim etadi.