Bir necha kun ilgari Spot “Sogʻlom turmush tarzi” (1hls.uz) platformasida oʻtgan oy davomida 203 ta gʻolib aniqlanganligi va umumiy hisobda 68 mln 900 ming soʻm mablagʻ toʻlab berilganligi haqida yozgan edi.

Turizm va sport vazirligining maʼlum qilishicha, joriy yil 14-sentyabrdan boshlab mobil ilova boʻyicha foydalanuvchilarga toʻlovlar vaqtincha toʻxtatilgan.

Xabarda izohlanishicha, Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga tushadigan tegishli daromadlar manbalarining bir meʼyorda doimiy tushish imkoniyati cheklanganligini inobatga olib, mazkur shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida 500,0 mln soʻmdan kam mablagʻ qolsa, mobil ilova boʻyicha foydalanuvchilarga toʻlovlar, ushbu shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida 5,0 mlrd soʻmgacha mablagʻ yigʻilgunga qadar avtomatik tarzda toʻxtatilishi belgilab qoʻyilgan.

Bunda, shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlar 5,0 mlrd soʻmga yetgunga qadar mobil ilovada oʻn ming va undan ortiq qadam yurgan fuqarolarga toʻlanadigan toʻlovlar toʻlanmasligi koʻrsatib oʻtilgan, deyiladi xabarda.