AlixPartners defitsit tufayli avtosanoat qancha daromadni boy berganligi borasida prognoz eʼlon qildi.

May oyida ekspertlar yoʻqotish $11 mlrd boʻlishi taxmin qilingan boʻlsa, endilikda bu raqam $210 mlrd deb baholanmoqda. Alix Partners hisob-kitobiga koʻra, bu yil avtomobil kompaniyalari 7,7 mln dona avtomobilni ishlab chiqara olmaydi.

“Chiplar bilan bogʻliq inqiroz yoʻq boʻlishiga umid qilingandi, ammo Malayziyadagi lokdaun va boshqa joylardagi muammolar singari qator noxush holatlar vaziyatni yanada chuqurlashtirdi”, — dedi AlixPartners kompaniyasining avtomobilsozlik boʻyicha direktori Mark Ueykfild.

Oxirgi oylarda dunyodagi yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilar, jumladan, Ford Motor, GM, Volkswagen, Jaguar Land Rover, Nissan, Honda, Toyota, Fiat Chrysler chiplar taqchilligi tufayli ishlab chiqarish qisqartirilishi yoki vaqtincha toʻxtatilishini eʼlon qildi.

Avvalroq mikroprotsessorlar tanqisligi muammosi 2022-yilgacha davom etishi taxmin qilingan edi.