Ispaniyaning “Patentes Talgo S.L.U.” kompaniyasi hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan joriy yilning 16-sentabr kuni “Afrosiyob” poyezdining yana bitta harakat tarkibi ispaniyaning Bilbao portidan Rossiyaning Sankt- Peterburg portiga olib kelindi.

25-sentybar kuni Moskva vaqti bilan soat 05:00 da mazkur “Afrosiyob"zamonaviy elektropoyezdi Rossiyadan Oʻzbekistonga yoʻl oldi.

Sentabr oyining soʻnggi kunlarida yurtimiz aholisi yana bir tarixiy voqeaga guvoh boʻladi. Mamlakatimizga 6- “Afrosiyob” zamonaviy elektropoyezdi olib kelinadi.

Avvalroq, mustaqillik bayrami arafasida bunday zamonaviy poyezdlarimiz soni 5 ta yetkazilgan edi.