“UzAuto Motors” keng ko’lamli modernizatsiya ishlaridan so’ng, oʻz ishlab chiqarish hajmini oshirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, shu yil iyul oyining o’rtalaridan avgust oyining oxirigacha zavodda modernizatsiya ishlari olib borildi.

Shuningdek, yarimoʻtkazgichlarning global tanqisligi tufayli Chevrolet Lacetti hamda Chevrolet Spark avtomobillarining ishlab chiqarilishi ham toʻxtatilganligi ma’lum qilingan edi.

Bugungi kunda “UzAuto Motors” kompaniyasi barcha ommabop avtomobil modellarini ishlab chiqarishni tikladi.

“UzAuto Motors"ning Asaka shahridagi zavodida ishlab chiqarish hajmi kuniga o’rtacha 800 dan ortiq avtomobilga yetdi.

Majburiy tanaffusdan so’ng, ishlab chiqarishning yoʻlga qoʻyilishi, avtomobilni yetkazib berish muddatini qisqartirish imkonini beradi.