Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi hamda “DARVOZA SAVDO” MCHJ xususiy kompaniyasi o‘rtasida kontrafakt mahsulotlar savdosining oldini olish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlikni tashkil qilish hamda kompaniya tarmog‘iga kiruvchi supermarketlarni kontrafaktsiz hududga aylantirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumni imzolashdan ko‘zlangan maqsad kontrafakt mahsulotlar aylanmasining oldini olish, tadbirkorlar o‘rtasida halol raqobatni ta’minlash, iste’molchilarni kontrafakt mahsulotlardan ogoh etish, intellektual mulk ob’ektlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun qonuniy javobgarlikni kuchaytirishdan iborat.
Memorandum doirasida “DARVOZA SAVDO” MCHJ o‘z savdo majmualariga mahsulotlarni sotuvga chiqarishdan oldin Agentlik mutaxassislarining kontrafakt yoki kontrafakt emasligi bo‘yicha fikrini olgan holda sotuvga taklif etadi.
Shuningdek, Agentlik, “DARVOZA SAVDO” MCHJning mahsulotlarni sotuvga taklif etishdan oldin dastlabki ko‘rikdan o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodimlarini sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslar, davra suhbatlar, seminar-treninglar o‘tkazish ishlarini tashkil etadi.
Bundan tashqari, Agentlik vaqti-vaqti bilan “DARVOZA SAVDO” MCHJga qarashli savdo majmualarida kuzatuv ishlarini olib boradi va aniqlangan kontrafakt mahsulotlar haqida “DARVOZA SAVDO” MCHJga bildirgi kiritadi “DARVOZA SAVDO” MCHJ esa, ushbu kontrafakt mahsulotlarni tez fursatlarda savdodan olib tashlash chorasini ko‘radi.
Intellektual mulk agentligi MAKRO supermarketlar tarmog‘i bilan memorandum imzoladi
Memorandum doirasida “DARVOZA SAVDO” MCHJ o‘z savdo majmualariga mahsulotlarni sotuvga chiqarishdan oldin Agentlik mutaxassislarining kontrafakt yoki kontrafakt emasligi bo‘yicha fikrini olgan holda sotuvga taklif etadi.
Foto: Spot
«Spot»
- 422
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 23:29 Transport
1-noyabrdan Toshkentdagi avtobus yo‘laklarida noqonuniy avtomobil harakatiga qarshi reydlar kuchaytiriladi
Shuningdek, avtobuslarga qoidabuzarliklarni avtomatik qayd etuvchi videokameralar o‘rnatilib, ular YHXB bazasiga integratsiya qilinadi.
Kecha, 22:44 Transport
Toshkent metrosidagi poyezdlarning 80%i 2027-yil sentabrgacha besh vagonli qilinadi
Toshkent shahar Kengashi qarori bilan to‘rtta metro yo‘nalishida 20-noyabrgacha besh vagonli tarkiblarni shakllantirish topshirilgan. Biroq metropoliten besh vagonli poyezdlar ushbu sanadan qatnay boshlashi haqidagi xabarni rad etdi.
Kecha, 16:56 Iqtisodiyot
O‘zbekiston va yana to‘rtta davlat QR-to‘lov tizimlarini birlashtirmoqchi
Fuqarolar safar davomida o‘z bank ilovasi orqali QR-kod yordamida to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.
Kecha, 16:04 Transport
Toshkent aholisining 85,4%i tig‘iz vaqtlarda jamoat transportida tiqilinchga duch kelmoqda
Shu bilan birga, yo‘lovchilar avtobus va metro intervallarining uzunligi hamda qatnov jadvaliga rioya qilinmasligini asosiy muammolar sifatida qayd etgan.
Kecha, 15:21 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi?
Spot noyabr oyidan boshlab kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.
Kecha, 15:00 Biznes
O‘zbekneftgaz 2027-yilda yevrobondlarning birinchi chiqarilishini uzaytirishni rejalashtirmoqda
Kompaniya, shuningdek, yaqin oylarda GTL loyihasi bo‘yicha qolgan $1 mlrd miqdoridagi kreditlarni qayta moliyalashtirmoqchi.
Kecha, 13:50 Transport
Toshkent aeroportida yo‘lovchi oqimi 16% ga o‘sdi, Navoiy va Qarshida esa kamaydi
O‘zbekiston aeroportlari 9 oyda 12,6 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatib, 102,8 mingta aviareysni amalga oshirdi. Yuk va pochtani qayta ishlash hajmi esa 27% ga oshdi.
Kecha, 12:27 Qonunchilik
Endi chorraha va qayrilib olish joylari yaqinida chiziqni bosgan haydovchilar jarimaga tortilmaydi
1-noyabrdan chorrahagacha 50 metr va qayrilib olish joyigacha 20 metr masofada 1.1 va 1.3 yo‘l chiziqlarini bosib o‘tganlik uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmaydi.