Ilon Maskka tegishli Starlink tez orada toʻliq ishga tushiriladi. Sunʼiy yoʻldosh interneti aslida nima va u dunyoni qay darajada oʻzgartira oladi

Spot sunʼiy yoʻldosh interneti nima ekanligi, Starlink va uning konsepsiya haqida maʼlumotlarni taqdim etadi. Shuningdek, maqolada bu loyiha hayotimizni qanday darajada oʻzgartira olishi haqidagi taxminlar keltirib oʻtiladi.



O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi barcha turdagi vizalarni taqdim etishni qayta tikladi

Cheklangan istisnolardan tashqari turistik/tashrif vizasi boʻlgan norezidentlar Oʻzbekistonda AQSh vizasiga murojaat qila olmaydilar.



“UzAuto Motors” barcha ommabop avtomobillar ishlab chiqaruvini tikladi

Shuningdek, kompaniya Asaka shahridagi zavodida ishlab chiqarish hajmi kuniga o’rtacha 800 dan ortiq avtomobilga yetganini e’lon qildi.



Oʻzbekistonda 1-oktyabrdan nimalar oʻzgaradi

Spot 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab Oʻzbekiston qonunchiligida roʻy beradigan ayrim oʻzgarishlar haqida maʼlumot berib oʻtadi.



Captiva 5 ning narxlari e’lon qilindi

Narxlar 192 775 000 soʻmdan boshlanadi.



Asaxiy internet-do‘koni asoschisi Firuz Allayev yo‘l qo‘ygan 5 xato.

Spot yangi rukn ostida maqolalar taqdim etishni boshladi. Unda tadbirkorlar o’z biznesini boshlash va yuritish davomida yo’l qo’ygan xatolari bilan bo’lishishadi.


Shuningdek, boshqa yangiliklar:

  1. Talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi. Bunda ariza beruvchi tegishli ma’lumot yoki hujjatlarni o‘zi ta’lim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘limi dekan o‘rinbosari yoki OTMning talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limiga topshiradi.
  2. “Oʻzim ham xohlayman, lekin asl vaziyat boshqacha” — Pavel Durov Telegram erkinligi haqida. Telegram asoschisi texnologiya gigantlarining Telegram-ga kirish va soʻz erkinligini taʼminlashdagi oʻrni haqida gapirdi.
  3. Vengriyadan Oʻzbekistonning 3 shahriga aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyishi rejalashtirilmoqda. Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyarto bu borada kelishuvga erishishgan.
  4. Instagram ilovaning bolalar uchun mo‘ljallangan versiyasini ishlab chiqishni to‘xtatadi. Huquqni mufoza qiluvchilarning fikricha ijtimoiy tarmoq bolalarning sog‘ligiga jiddiy zarar yetkazmoqda.
  5. Avgust oyida elektromobillar importi keskin kamaydi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyida O‘zbekistonga 69 dona elektromobil olib kelingan.
  6. Ilon Mask dunyoning eng boy odamiga aylandi. U milliarderlar reytinggida Amazon asoschisi Jeff Bezos bilan oʻrin almashib oldi.
  7. Qizlar uchun “Start-up Advice” onlayn vebinari bo’lib o‘tadi. Uchrashuv doirasida har bir qiz o‘z startap loyihasini taqdim etishi va mutaxassisdan o‘zini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishi mumkin. Vebinar USAID’ning tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish loyihasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
  8. Uxanda yangi telefon brendi paydo boʻladi. Taʼkidlanishicha, kompaniya premium smartfonlar toifasida Apple, Samsung va Xiaomi bilan raqobatlashmoqchi.
  9. Yandex kamera funksiyalari yangilandi. Endi mahsulotni rasmga olib, uning kaloriyasi va tarkibini koʻrish mumkin. Shuningdek, avto qidirish va tenglamalar funksiyasi ham ishga tushirildi.
  10. Ipoteka bankning 75 foiz ulushi vengriyaliklarga sotilmoqda. “Bizga 10dan ortiq davlat banklari kerak emas, ularni asta-sekin xususiylashtiramiz” — Jamshid Qoʻchqorov.
  11. Internet tarmoqlarda kripto-aktivlar oldi-sotdisi boʻyicha norasmiy platformalar keng tarqalmoqda. Mazkur turdagi platformalar manzillarini boshqa davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilib, Oʻzbekiston Respublikasida serverlari oʻrnatilmasdan, koʻpgina holatlarda fuqarolarning shaxsiy maʻlumotlarini soʻrab olgan holda, ularga kripto-aktivlarni sotish, sotib olish yoki ayriboshlashni taklif etmoqdalar.
  12. Endilikda 30 yoshdan oshganlar ham bojxona tizimiga ishga kirishi mumkin bo‘ladi. Bu haqida qonunchilikka oʻzgartish kiritilmoqda.
  13. Dehqon xo‘jaliklariga berilgan yer uchastkalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda to‘lov undirilmaydi. “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq ro’yxatdan o’tish xo’jalik boshlig‘ining davlat xizmatlari markazlariga shaxsan tashrifi vositasida yoki Yagona portal orqali hisobga qo‘yilishi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi belgilangan edi.
  14. “Coca-cola Ichimligi Uzbekistan"ning xususiylashtirish jarayoni to’liq yakunlandi. Ustav kapitalidagi davlatning 57,118% ulushi Turkiyaning “Coca-Cola İçecek A.Ş.” kompaniyalar guruhiga sotildi.
  15. YeTTB va XMK Oʻzbekistondagi TBC Bank aksiyalarini sotib oladi. Birinchi toʻlov har ikki investorning har biri uchun $9,4 mln ni tashkil qiladi.
  16. Tesla avariyaga uchragan mashinani sotgani uchun $233 ming jarima toʻlaydi. Xitoylik xaridor Tesla-dan sotib olgan mashinasida muammo paydo boʻlgan. Tekshirishlar natijasida, avtomobil avval avariyaga uchragani maʼlum boʻlgan.