Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Forbes milliarderlar reytingida yetakchiga aylandi. Uning boyligi miqdori ilk bor $200 mlrd dan ortiqqa baholandi.

Mask Amazon asoschisi Jeff Bezos bilan oʻrin almashib oldi.

Shu tarzda, Ilon Mask boyligi $200 mlrd dan oshgan uchinchi insonga aylandi.

2021-yil aprel oyida Bezos, iyunda Bernar Arnoning boyligi $200 mlrd dan oshgan edi.

Hozirda Bezos va Arnoning boyligi mos ravishda $197,7 mlrd va $175,2 mlrd deya baholanmoqda.

Mavuga doir:

Shov-shuvli parvozlar va mablagʻlarning boy berilishi. Jeff Bezos nega “eng boy odam” maqomini yoʻqotdi.