Hukumat qaroriga koʻra, “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan hamda “Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga doir vaqtinchalik tartiblar tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, ushbu yoshlarga avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida oʻqish xarajatlarini kompensatsiya qilishi boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha kompensatsiya beriladi.

Shuningdek, xususiy tashkilotlarga ishga qabul qilingan, “Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish xarajatlarini kompensatsiya qilish boʻyicha vaqtinchalik tartib tasdiqlandi. Bunda mazkur xarajatlarning 50%i kompensatsiya qilinishi nazarda tutilgan.

Qaror bilan “Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlarining bir qismini hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish tartibi belgilandi.

Avvalroq Spot haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddatini uzaytirish taklif etilganligi haqida yozgan edi.