Microsoft kompaniyasi foydalanuvchilar uchun yangi Windows 11 operatsion tizimini ishlab chiqardi.

Yaqinda Windows 10 OS ega kompyuterini sotib olganlar 11-versiyani bepul yangilab olishlari mumkin. Boshqa foydalanuvchilar uchun oʻtish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Kompaniya OS-ni qoʻllab-quvvatlashga imkoni bor qurilmalarni yangi sistemaga 2022-yilning oʻrtalarigacha oʻtib olishiga umid qilmoqda.

Nimalar yangilandi

Yangi OSdagi asosiy oʻzgarish sensorli va ovozli interfeys uchun dizaynning moslashtirilishi boʻldi. “Пуск” va vazifalar paneli endi ekranning markazida joylashadi, vidjetlar uchun alohida yorliqlar mavjud. Microsoft Teams chat vazifalar paneliga birlashtirilgan. Bundan tashqari, Windows 11 da oʻzingiz fon rasmi va ilova ikonkalari boʻlgan alohida virtual ish stollarini yaratishingiz mumkin.


Yangilangan Microsoft doʻkoni endi klassik Win32 dasturlarini qoʻllab-quvvatlaydi va uchinchi tomon doʻkonlariga kirishga ruxsat beradi (masalan, Epic Games Store). Shuningdek, OSdan Xbox xizmati ham oʻrin olgan (ilgari alohida edi).

Ishlab chiqaruvchilarning ishontirishlariga koʻra, yangi OS “eng xavfsiz” hisoblanadi, shuningdek, bir qator vazifalarni bajarilishini osonlashtiradi. Bundan tashqari, Microsoft yangilanishlar hajmini 40% ga kamaytirishga vaʼda bermoqda.

Avvalroq Spot Windows 11 ning ilk versiyasi chiqqanligi va uni qanday oʻrnatish haqida qoʻllanma yozgan edi.