Rossiya Federatsiyasi kriptovalyuta mayningi bo’yicha kuchli uchlik tarkibiga kirdi. Bu haqda Forbes Russia nashri xabar bermoqda.

Kembridj universiteti avgust oyida Rossiyaning maynerlar faolligi jihatdan ulushi 11% ni tashkil etdi.

Lider davlatlar qatorida AQSh — 35%, Qozog’iston — 18% mavjud.

Uzoq vaqt davomida dunyo mayning sanoatida 46% bilan yetakchilikni saqlab kelayotgan edi. Biroq XXR hukumatining kriptovalyutalarga qarshi taqiqlari ortidan bu ulush keskin pasaydi.

Hozirda davlat hududida kriptoaktivlarning istalgan turi bilan operatsiya amalga oshirish noqonuniy hisoblanadi.

Cheklashlar fonida kriptovalyutalar narxida pasayish kuzatildi. Bitkoin — 6%, Ethereum — 7%, Cardano va Binance Coin — 6% Huobi — 15% ga qadrsizlandi.