Eng mashhur kriptovalyuta — bitkoinning narxi may oyidan buyon birinchi marta $64 000 dan oshgan narxni qayd etdi.

20 dan ortiq birja uchun o’rtacha narxni hisoblab chiqadigan CoinMarketCap portalining ma’lumotlariga ko’ra, bitkoin 3,06% ga ko’tarilib, 64 033 dollarni tashkil qilmoqda. Savdo hajmi bo’yicha eng yirik kripto-valyuta birjasi bo’lgan Binance birjasida bitkoin 3,11 foizga ko’tarilgan.

Ma’lumot uchun: May oyida Xitoydagi taqiq ortidan bitkoin narxlari tushishni boshladi. Xitoy Xalq banki raqamli tokenlarni toʻlov shakli sifatida ishlatib boʻlmasligi haqida yana bir bor bayonot berganidan soʻng, bitkoin va boshqa yirik kriptovalyutalar qiymati pasayib ketdi.

Kriptovalyuta narxining maksimal darajadagi pasayishiga Xitoydagi nazorat kuchaytirilishi sabab bo’ldi.