Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston xorijdan qiymati $133,2 mln ga teng boʻlgan 1,9 mln dona mobil telefon import qilgan.

Telefon importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 mln donaga oshgan.

Mamlakatimizga asosan 13 ta davlatdan mobil telefonlar kirib kelgan boʻlib, eng koʻp import qilgan davlatlar quyidagicha:

  • Xitoy — $69,6 mln
  • Vyetnam — $49,6 mln
  • Hindiston — $6,6 mln
  • Qozogʻiston — $5,5 mln
  • BAA — $960 ming
  • Germaniya — $647 ming
  • Rossiya — $175,8 ming
  • Koreya — $61,1 ming

Avvalroq Spot Google arzon narxdagi smartfonlarni namoyish etganligi haqida yozgan edi.