“Asakabank” AJ axborot xizmati xabar berishicha, bankning rasmiy kanali bo‘lmagan https://t.me/Microkridet_bankAsakabot telegram-bot mavjudligi aniqlandi va u firibgarlik harakatlarini amalga oshirmoqda.

“Asakabank” AJ rasman ma’lum qilishicha, ushbu bot bankka tegishli emas va bank bilan hech qanday aloqasi yo‘q.

Firibgarlarning takliflariga aldanmang! Hech qachon pasport va plastik karta ma’lumotlari (karta raqami, ismi-sharifingiz, amal qilish muddati, orqa tomondagi 3-xonali raqam) ni bermang. Doimo ma’lumotlarni har bir muassasaning rasmiy sahifalari orqali tekshiring.

“Asakabank” AJ nomidan ish ko‘rayotgan yolg‘on telegram-botlar tomonidan firibgarlikning barcha holatlari bo‘yicha huquq-tartibot organlariga murojaat qilishingiz hamda bankning 1152 qisqa raqamiga xabar berish mumkin.