Prezident qaroriga koʻra, Moliya vazirligi “Sogʻlom turmush tarzi” platformasi orqali amalga oshiriladigan toʻlovlarni 2022-yil uchun Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutilishini hamda 2022-yil 1-yanvardan boshlab Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ularni toʻliq hajmda toʻlab berilishini taʼminlaydi.

2022-yil 1-yanvarga qadar “Sogʻlom turmush tarzi” platformasini takomillashtiradi, shu jumladan, axborot dasturida fuqarolar tomonidan belgilangan masofani haqiqatda bosib oʻtganligini tasdiqlovchi mexanizmlarni qayta koʻrib chiqadi.

Shuningdek, qarorga koʻra hokimliklari sport maydonchalarini foydalanish xususiyatini yoʻqotmagan holda va tegishli joylashuviga koʻra mahalla fuqarolar yigʻini yoki uy-joy mulkdorlari shirkatlariga tekin foydalanish huquqi asosida beradi.

1hls ilovasidan qanday qilib foydalanish haqida ushbu qoʻllanma orqali tanishib chiqishingiz mumkin.