Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillari joriy yilning 1-yanvaridan 31-oktyabrgacha bo‘lgan davrda respublika soliq tushumlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26,9% ga oshganini ko‘rsatdi.

Quyidagi hududlarda soliq tushumlarining sezilarli o‘sishi qayd etildi:

  • Navoiy (39,3%);
  • Xorazm (38,6%);
  • Qashqadaryo (37,1%);
  • Samarqand (34,1%);
  • Toshkent (34%) viloyatlari;
  • Toshkent shahri (32,9%).

Soliq tushumlari o‘sishining asosiy omillari sifatida o‘tgan besh yil mobaynida 114ta litsenziya va ruxsatnoma bekor qilingani, 33ta faoliyat turi bo‘yicha xabarnoma tartibi joriy etilgani, ruxsatnomalar olish tartib-taomillari soddalashtirilib, ularni berish muddatlari o‘rtacha 2 barobar qisqartirilgani kabilar ko‘rsatib o‘tilgan.

Tahlil qilinayotgan davr uchun bojxona to‘lovlari bo‘yicha tushumlar 42,6%ga oshgan. Daromadning eng yuqori o‘sishi Jizzax (4,2 barobar), Sirdaryo (2,4 barobar), Xorazm (2 barobar), Farg‘ona (70%), Samarqand (68,8%) viloyatlarida, Toshkent shahri (37,6%) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (34,3%) kuzatilgan.

Shuningdek, tovarlar eksporti hajmi yil boshidan buyon 37,2% ga, Tovar-xomashyo birjasida tuzilgan bitimlar hajmi 61,8% ga oshgan.

Avvalroq Spot O‘zbekistonni 70 foiz aholisining asosiy daromad manbai oylik ish haqi ekani haqida yozgan edi.