Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahridagi yirik mulkni kimoshdi savdosiga qoʻydi.

Bu Chilonzor tumani Tirsakobod mahallasidagi 60-sonli harbiy shaharcha boʻlib, obyekt Vazirlar Mahkamasining 26-avgustdagi qaroriga asosan sotuvga qoʻyilgan

Lot 27,86 gektar maydonda joylashgan. Bino va inshootlarning umumiy maydoni 29,8 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Barcha kommunikatsiyalar — elektr, gaz, suv va kanalizatsiya bor.

Obyektning boshlangʻich bahosi — 204,9 mlrd soʻm. Arizalar shu yilning 11-dekabrga qadar qabul qilinadi, savdolar esa 13-dekabr kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda bu saytda sotilgan eng qimmat lot hisoblanadi.